add

Hayratlanarli texnologiya: Xitoydagi robot o‘z batareyasini o‘zi almashtirdi

23.07.2025 | 01:0048703

Xitoyning UBTECH kompaniyasi tomonidan yaratilgan Walker S2 roboti endi inson yordamisiz ham ishlashni davom ettira oladi — u o‘z batareyasini mustaqil almashtirish qobiliyatiga ega.

Hayratlanarli texnologiya: Xitoydagi robot o‘z batareyasini o‘zi almashtirdi
Xitoy muhandislari tomonidan yasalgan Walker S2 roboti dunyoda ilk bor o‘z batareyasini mustaqil ravishda almashtira oladigan texnologiya bilan jihozlandi. Bu unga to‘xtovsiz ravishda — 24 soat ishlash imkonini beradi. UBTECH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur robot 162 santimetr bo‘yi va 43 kilogramm og‘irligi bilan katta yoshli insonni eslatadi. U 48 voltli litiy batareyalarda ishlaydi va ikkita akkumulyatordan iborat tizimga ega. Robot to‘liq quvvat bilan 2 soat piyoda yura oladi yoki 4 soat joyidan qimirlamasdan tura oladi. Batareyani to‘liq quvvatlash uchun esa 90 daqiqa vaqt talab etiladi. Robotning eng muhim jihati — u o‘zining batareyasini inson yordamisiz almashtira oladi. YouTube’da e’lon qilingan videoda robot maxsus stansiyaga yaqinlashib, orqasidagi batareyani chiqarib, uni quvvatlash uchun joylashtirgani va yangi batareyani olib, o‘z tanasiga o‘rnatgani ko‘rsatilgan. Walker S2 robotlari ishlab chiqarish ob’ektlarida yoki jamoat joylarida mijozlarni kutib olish va xizmat ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Teglar

Mavzuga oid