add

Hindiston bosh vaziri kutilmaganda Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi

12.08.2025 | 09:0039492

Narendra Modi Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va Rossiya energiya resurslari importini cheklash niyatini bildirdi.

Hindiston bosh vaziri kutilmaganda Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda mamlakatining Ukraina bilan hamkorlikni kengaytirish va tinchlik o‘rnatish jarayonida faol ishtirok etishga sodiqligini bildirdi. «Hindiston bu yo‘nalishda barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi, shuningdek, Ukraina bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantiradi», — deb yozdi Modi ijtimoiy tarmoqda. Zelenskiy esa o‘z telegram-kanalida Modining «Ukrainaga oid har qanday masala Ukraina ishtirokida hal qilinishi shart», degan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi. Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, Modi Hindistonning Rossiyadan neft kabi energiya resurslari importini cheklash muhimligini ham ta’kidlagan. Bu, uning fikricha, Rossiyaning urushni davom ettirish imkoniyatlarini qisqartirishga yordam beradi. Tomonlar sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida shaxsan uchrashishga kelishib oldilar.

Teglar

Mavzuga oid