
Hindiston Trampning tanqidlariga javob berdi: «G‘arb ham Rossiya bilan savdo qilyaptiku?»
05.08.2025 | 08:4011114
Nyu Dehli AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiyadan neft importi bo‘yicha tanqidlarini asossiz deb atadi. Hindiston rasmiylari mamlakat o‘z manfaatlarini himoya qilishini, G‘arb esa o‘zini ikkiyuzlamachi tutayapti, deb baho berdi.

AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya neftini sotib olayotgani uchun Hindistonga nisbatan keskin tanqidlari ortidan, Nyu Dehli rasmiylari rasman javob qaytardi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bildirishicha, mamlakat Rossiyadan neft xarid qilishga G‘arb mamlakatlarining o‘zi sababchi bo‘lgan. Ushbu davlatlar o‘zi tanqid qilayotgan savdoni davom ettirayapti, dedi vazirlik.
«Bizga tanbeh berayotgan o‘sha mamlakatlar Rossiya bilan savdo aloqalarini davom ettirayapti. Ular uchun bu savdo hayotiy zarurat emas. Biz esa aholimiz uchun energiya manbalarini barqaror va arzon narxlarda ta’minlashga majburmiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Hindiston Ukrainada urush boshlangandan so‘ng an’anaviy yetkazib beruvchilar Yevropa bozoriga yuz burgan sababli Rossiya neftini sotib olmoqdaki, Nyu Dehliga ko‘ra, AQSH o‘sha paytda global energetika bozorini barqarorlashtirish maqsadida bunday xaridlarni qo‘llab-quvvatlagan.
Hindiston G‘arbni ikkiyuzlamachilikda ayblab, Yevropa Ittifoqi hamon Rossiyadan neft, o‘g‘itlar, metallurgiya mahsulotlari olayotganini, AQSH esa uran, kimyoviy moddalar va hosildorlik vositalarini xarid qilayotganini eslatdi.
«Hindiston tanqidga loyiq emas. Biz yirik iqtisodiyot sifatida o‘z milliy manfaatlarimizni himoya qilishga haqlimiz», — deya bayonot bergan Hindiston TIV.
Hindlarning bu bayonoti Trampning 1 avgustda bildirgan tahdididan keyin e’lon qilindi. Unda AQSH prezidenti agar Moskva 8 avgustgacha Ukrainadagi urushni to‘xtatmasa, Hindistonga 25 foizlik boj joriy etilishini aytgan, bu bojlar 100 yoki hatto 500 foizgacha oshirilishi mumkinligini bildirgan.
Tramp shuningdek, Hindiston Rossiya neftini sotib olish bilan cheklanib qolmasdan, biroq Ukrainadagi qurbonlarlarga parvo qilmasdan uni qaytadan sotib, katta foyda olayotganini ta’kidlab o‘tdi.





