
Honkongdagi yong‘inda o‘zbekistonliklar jabr ko‘rmagan — TIV
Honkongdagi yirik turar joy majmuasida sodir bo‘lgan halokatli yong‘in bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlarda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagani tasdiqlandi.

Honkongda 26-noyabr kuni yuz bergan yirik yong‘indan so‘ng mahalliy hokimiyat va tibbiy xizmatlar orqali olinayotgan ma’lumotlar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar orasida yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, fojia haqidagi xabar rasman tarqalishi bilanoq O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi va konsullik muassasalari mahalliy idoralar bilan zudlik bilan aloqa o‘rnatdi. Honkong rasmiylaridan olingan tasdiqlarga ko‘ra, halok bo‘lgan 128 nafar shaxs va jarohat olgan 79 nafar fuqaro orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalani nazoratda ushlab turibdi.
«Honkongdagi turar joy majmuasida yuz bergan fojiali yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar haqida xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. jarohat olganlarga esa tez fursatlarda shifo tilaymiz», deyiladi xabarda.
Ahror Burxonov zarurat yuzaga kelganda yordamga muhtoj fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi:
Telefon: +86 185 1441 7274
Telefon: +86 (10) 6532 6305
Faks: +86 (10) 6532 6304
E-mail: ch.uzembassy@mfa.uz
O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi:
Telefon: +86 132 4800 8171
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulligi:
Telefon: +86 132 4970 0996
Ma’lumot uchun, yong‘in qurilish jarayonida o‘rnatilgan bambuk narvonlari orqali tez tarqalgani va bir nechta baland binoni qamrab olgani aytilmoqda. Hozirda Honkong qutqaruv xizmati olovning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.





