«Humo» kartalari bo‘yicha SMS xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qoladi

Bugun 10:301 daqiqa

Avvalroq 1-maydan boshlab «Humo» kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

«Humo» kartalari bo‘yicha SMS xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qoladi

Milliy banklararo protsessing markazi «Humo» kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun SMS xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz qolishini rasman e’lon qildi.

Avvalroq 13131 qisqa raqami orqali SMS xizmatlarini taqdim etuvchi «Octotelecom» MCHJ 2026 yil 1-maydan boshlab tariflar o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar foydalanuvchilar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, «Humo» foydalanuvchilar fikrini inobatga olib, «Octotelecom»ga amaldagi tariflarni saqlab qolish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi.

Qo‘shimcha tahlil va muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab 13131 raqamidan yuboriladigan SMS xabarlar narxi har bir xabar uchun 84,2 so‘m miqdorida o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur qaror xizmat barqarorligini saqlash va karta egalari uchun moliyaviy yukni oshirmaslik maqsadida qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid