add

Humo kompaniyasiga yangi rahbar tayinlandi

16.09.2025 | 19:0015913

HUMO to‘lov tizimi boshqaruviga Ulug‘bek Bahodirov tayinlandi.

Humo kompaniyasiga yangi rahbar tayinlandi
Humoʼning boshqaruv raisi lavozimida yana o‘zgarish yuz berdi. 12 sentyabrdagi aksiyador qarori va 15 sentyabrda kuzatuv kengashi yig‘ilishiga ko‘ra, kompaniya rahbari etib Ulug‘bek Hojiturayevich Bahodirov tayinlandi. U joriy yil mart oyida xususiylashtirishdan so‘ng shakllangan yangi kuzatuv kengashiga rahbar etib saylangan edi. 20 maydan boshlab vaqtincha rahbarlik qilib kelgan Maqsadjon Mansurovich Muhiddinov esa avvalgi lavozimi — birinchi o‘rinbosarlikka qaytdi. Yana bir muhim o‘zgarish sifatida Humo kuzatuv kengashi raisi etib Markaziy bankning «Axborotlashtirish bosh markazi» direktori maslahatchisi Dilshod Shuxratovich Sarixo‘jayev saylandi. Ulug‘bek Bahodirov 1975 yilda tug‘ilgan, 1997 yilda Toshkent moliya institutini «Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari» ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. U «Poytaxt bank» kuzatuv kengashi a’zosi va shu bilan birga «Orange Textile Profi» korxonasida moliya masalalari bo‘yicha rahbarlik lavozimida ishlagan. 2018 yilda tashkil etilgan Milliy banklararo protsessing markazi orqali boshqarilgan Humo tizimi qisqa vaqt ichida mamlakatdagi asosiy to‘lov infratuzilmalaridan biriga aylandi. U 2019 yil bahorida ishga tushirilib, 2021 yildan UzCard bilan integratsiya jarayonini boshladi. 2023 yildan boshlab Humo bankomatlari Uzcard kartalarini qabul qila boshladi. Hozirda esa to‘lov terminallarini integratsiya qilish jarayoni ommaviy sinov bosqichiga yetgan. 2024 yil dekabrida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Humo to‘lov tizimi Paynet’ga 65 mln dollarga (840,3 mlrd so‘m) sotilgan.

Teglar

Mavzuga oid