add

HUMO to‘lov tizimi yarim yilda 124 mlrd so‘m sof foyda oldi

28.07.2025 | 19:249892

HUMO to‘lov tizimi 2025 yilning yanvar-iyun oylarida 124,3 milliard so‘m sof foyda qayd etdi. Bu haqda kompaniya taqdim etgan moliyaviy hisobotda ma’lum qilindi.

HUMO to‘lov tizimi yarim yilda 124 mlrd so‘m sof foyda oldi
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,4 milliard so‘mga, ya’ni 73 foizga ko‘pdir. 2024 yil yakunida HUMO jami 167,3 milliard so‘m sof foyda olgan edi. Shunday qilib, kompaniya joriy yilning yarmidayoq o‘tgan yilgi foyda darajasiga yaqinlashdi. Sof tushum bo‘yicha ham ijobiy dinamika kuzatildi — 224,9 milliard so‘m, bu 2024 yilning birinchi yarmiga nisbatan 60 foizga yuqori. Biroq bu bilan birga kompaniyaning ma’muriy xarajatlari ham 18,74 milliard so‘mni tashkil qildi. Kompaniya taqsimlanmagan foydada ham o‘sishga erishdi. Hisobotga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 76,2 milliard so‘mga oshib, 327,6 milliard so‘mga yetdi. 1 iyul holatiga ko‘ra, HUMO to‘lov tizimining umumiy aktivlari 574,7 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu yil boshidan beri 80,66 milliard so‘mlik o‘sishni anglatadi. Kompaniya tomonidan hisobot davrida 13,8 milliard so‘m daromad solig‘i to‘langani ham qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid