add

Ijaraga olingan yerlarni kredit uchun garovga qo‘yish huquqi berildi

02.10.2025 | 18:0034853

O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibini belgilovchi muhim qaror qabul qildi

Ijaraga olingan yerlarni kredit uchun garovga qo‘yish huquqi berildi
Hukumat qaroriga ko‘ra, yer uchastkasi ijarachisi o‘z huquqini garovga qo‘yishda ijara beruvchining alohida roziligisiz amal qilishi mumkin. Biroq bu holat faqat qonun hujjatlari yoki ijara shartnomasida belgilangan normalar doirasida amal qiladi. Kredit tashkilotlari garov asosida mablag‘ berish tartibini ichki qoidalariga muvofiq mustaqil belgilaydi. Garov qiymati yer uchastkasining bozor narxi va ijara muddatiga qarab baholanadi. Shu bilan birga, kredit qaytarish muddati ijara huquqi amal qilish muddatidan kamida besh yilga qisqa bo‘lishi mumkin emas. Nizomda yer uchastkasi ijara huquqi garovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi qayd etilgan. Bu jarayon Davlat kadastrlari palatasining tuman va shahar filiallari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, agar ijara huquqini garovga qo‘yuvchi sub’ekt tugatilsa, kreditor garov narsasi bo‘yicha muddatidan oldin undiruv qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Bu qoidalar kredit tashkilotlariga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, qarzdorlik xavfini kamaytirish va investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid