
Instagram o‘zining «Oscar»ini joriy qildi
07.10.2025 | 19:0042813
Instagram ijodkorlar uchun yangicha «Rings» mukofotini joriy qildi. Tanlov g‘oliblari 25 ta nominatsiya buyicha aniqlanadi.

Instagram platformasi ijodkorlar uchun o‘z mukofotini joriy qildi. Mukofot «Rings» deb nomlanadi. Tanlov 25 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan tortib moda va meykapgacha.
G‘oliblar oltin uzuk, oltin avatar hoshiyasi va profilni moslashtirish (masalan, «layk» tugmasini o‘zgartirish) imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hakamlar hay’ati tarkibiga rejissyor Spayk Li, modeler Mark Jeykobs, qandolatchi Sedrik Grole, texnobloger Markes Braunli va boshqalar kiradi.
Braunlining aytishicha, katta auditoriyaga ega profillar emas, balki mexnati va ijod yo‘li bilan ajralib turadigan ijodkorlar rag‘batlantirilishi kerak.
Instagram’ning oltin uzuk mukofoti ko‘proq ramziy qadrlash sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, bu yangilik Instagram’ning boy kompaniya sifatida pulsiz mukofot berish qarori nega qabul qilingani haqida savollar tug‘diradi.
Instagram direktori Mosseri 2024 yil iyunida ijodkorlarga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirayotganini aytgan, ammo hozircha yangi reja e’lon qilinmagan. Bu orada YouTube va TikTok o‘z daromad taqsimoti dasturlari orqali blogerlarga to‘lovlarni davom ettirmoqda. Ma’lumot uchun, YouTube so‘nggi to‘rt yilda ijodkorlarga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘laganini ma’lum qilgan.





