add

Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirildi

11.08.2025 | 10:4541162

Intellektual mulk ob’ektlarini tez va samarali ro‘yxatdan o‘tkazish hamda huquqiy himoyasini kuchaytirish yangi qonun tasdiqlandi.

Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirildi
O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 8 avgustda qabul qilingan O‘RQ–1080-sonli qonuniga muvofiq, ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini soddalashtiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda sanoat mulki ob’ekti ro‘yxatga olingandan so‘ng patent talabnoma beruvchiga elektron tizim orqali avtomatik ravishda yuboriladi. Ilgari esa patent ob’ekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinganidan 10 kun o‘tgach berilardi. Yangi tartib patent olish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va tadbirkorlar, ixtirochilar hamda mualliflar uchun qulaylik yaratadi. Bu o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar, ilmiy ishlar va yangi texnologiyalar tezroq huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu chora huquq egalari manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid