add

iPhone sotuvlarni «yormoqda»: Apple bozorda tarixiy rekord o‘rnatdi

02.12.2025 | 08:383682 daqiqa

Apple smartfonlar sotuvini 12 foizga oshirib, jahon bozorida 24,2 foiz ulushga chiqdi. Kompaniya o‘z tarixida ilk marta bu darajani qayd etdi.

iPhone sotuvlarni «yormoqda»: Apple bozorda tarixiy rekord o‘rnatdi

Jahon smartfonlar bozorida kutilmagan rekord kuzatildi: Apple oktabr oyi yakuniga ko‘ra 24,2 foiz ulushga yetib, o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Counterpoint Research (CR) ma’lumotlariga ko‘ra, global smartfon sotuvlari fonida kompaniya savdolarini 12 foizga oshirdi va bir oy ichida bozordagi yetakchilikni ko‘lga kiritdi.

CR tahlilchilari ta’kidlashicha, bunday natija Apple uchun ilk marta kuzatilmoqda. Kompaniya 2014 yildagi iPhone 6 yoki 2020 yildagi iPhone 12 tarkibiy muvaffaqiyatlaridan keyin ham bunday yuqori ulushga erishmagan. Bu galgi rekordning asosiy drayveri esa seriyasi keng omma tomonidan qizg‘in kutilgan iPhone 17 bo‘ldi.

Shu bilan birga, Apple’ning o‘tgan avlod modellari — iPhone 16 va 16e ham sotuvlarda muhim rol o‘ynagan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, kompaniyaning keng assortimenti xaridorlar uchun narx va funksiyalar bo‘yicha ko‘proq tanlov berib, talabni yanada oshirgan.

CR ekspertlari Apple 2025 yilning to‘rtinchi choragida ham rekord o‘rnatishi mumkinligini qayd etdi. Ular AQSH, Xitoy va Yevropa bozorlaridagi talabning barqarorligini e’tiborga olgan holda, yil yakunida Apple smartfon sotuvlari bo‘yicha absolut yetakchi bo‘lib qolishini prognoz qilmoqda.

Bozorda Apple’ning bunday faol o‘sishi bir qancha omillar bilan izohlanadi: kamera va protsessor texnologiyalarining sezilarli yaxshilanishi, smartfonlarning uzoq muddatli ishlashi, ekologik talablarni inobatga olgan dizayn va brending siyosati. Ayrim davlatlarda Apple ekosistemasining kengayishi ham sotuvlarni rag‘batlantirgan.

Tahlilchilarning fikricha, agar iPhone 17’ga bo‘lgan talab hozirgi darajada davom etsa, Apple 2026 yilning birinchi yarmida ham bozorda yetakchilikni saqlab qolishi mumkin. Kompaniya o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgan bir paytda, uning raqobatchilari — Samsung, Xiaomi va Honor bozor ulushini saqlab qolish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Teglar

Mavzuga oid