add

Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoni cheklashni boshladi

Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoga cheklov kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Bu qaror G‘azoda davom etayotgan harbiy mojarolar va uning og‘ir oqibatlari fonida qabul qilinmoqda.

Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoni cheklashni boshladi
Financial Times nashri yozishicha, Irlandiya hukumati bosib olingan Falastin hududlarida faoliyat yuritayotgan Isroil kompaniyalari bilan tijoriy aloqalarni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlashga kirishdi. Mamlakat tashqi ishlar va savdo vaziri Saymon Xarris seshanba kuni bu jarayonni rasman boshlab berishi kutilmoqda. Irlandiya hukumati ushbu chorani inson huquqlari va xalqaro huquq normalariga rioya qilish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda. Xarrisning ta’kidlashicha, bu tashabbus Isroil tomonidan sodir etilayotgan ehtimoliy harbiy jinoyatlarga nisbatan jiddiy munosabat belgisidir. Ayni paytda Irlandiyaning bu pozitsiyasi Yevropa Ittifoqi miqyosida keng muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Chunki ushbu qonun loyihasi, agar qabul qilinsa, Isroil kompaniyalari bilan iqtisodiy aloqalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Irlandiya avval ham Falastin masalasida tanqidiy pozitsiyasi bilan ajralib turgan davlatlardan biri sifatida tanilgan. Bu safar esa u Yevropa miqyosida huquqiy choralarni amalga oshirishda ilk bo‘lib qadam tashlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid