add

Ish beruvchilar uchun yangi tijoriy elektron xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

Bugun 10:43471 daqiqa

Yangi reglamentga muvofiq, ish beruvchilar YAMMT orqali mehnatga doir elektron ma’lumotlarni tijoriy asosda tez va qulay tarzda rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Ish beruvchilar uchun yangi tijoriy elektron xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

Hukumat qarori bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Yangi reglamentga ko‘ra, ish beruvchilar ushbu xizmatlardan ixtiyoriy ravishda foydalanishi mumkin, shu bilan birga mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni YAMMTga bepul kiritish imkoniyati ham saqlanib qoladi.

YAMMT IDAK direksiyasi tijoriy xizmatlar doirasida bir qator elektron imkoniyatlarni taqdim etadi. Jumladan, ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga kiritib boradi.

Shuningdek, xodimlarning avvalgi ish joylari haqida mehnat daftarchasidagi ma’lumotlar YAMMTga kiritilib, elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi. Tashkilotlar o‘z ichki tuzilmalarini ham tizimda elektron tarzda yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tijoriy xizmatlardan foydalanish uchun ish beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi va maxsus so‘rovnomani to‘ldiradi. Vakolatli organ so‘rovnomani uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Barcha hujjatlar talablarga muvofiq bo‘lganda, YAMMTda tegishli elektron ma’lumotlar shakllantirilib, QR-kodli ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Yangi tartib mehnat munosabatlarini raqamlashtirishni jadallashtirib, ish beruvchilar uchun hujjat aylanmasini qisqartirish va boshqaruvni avtomatlashtirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid