add

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam puli berish boshlandi

Ushbu moddiy yordam dasturi uchun jami 1,2 trln so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi ma’lum qilingandi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam puli berish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1 maydagi PQ–134-sonli qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga maxsus flayerlar tarqatilib, moddiy yordamni olish tartibi va har oylik kompensatsiyalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, gaz va elektr energiyasidan tejamkor foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur dastur doirasida ro‘yxatga olingan oilalar soni 1,1 milliondan oshgan bo‘lib, ularning 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan yana 290 mingdan ortiq oila qo‘shimcha ravishda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, moddiy yordam olish uchun arizalar 1 oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.

Teglar

Mavzuga oid

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam puli berish boshlandi | Vaqt.uz