add

Islom Karimov: Odamlar uni qanday eslaydi?

30.01.2026 | 14:352 daqiqa

Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekistonning tamal toshini qo‘ygan shaxs va bir so‘z bilan aytganda — YURTBOSHI.

Bugun O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, marhum Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavalludiga 88 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Islom Karimov yurtdoshlarimiz xotirasida qanday iz qoldirgani, uning shaxsiyatiga qanday baho berishini bilish uchun ularga mikrofon bilan yuzlandik.

1938 yil Samarqandagi Yakkaminor mahallasida yashovchi Sanobar va Abdug‘ani Karimovlar oilasida o‘g‘il dunyoga keladi. Unga muqaddas islom dinining nomi — Islom deya ism qo‘yishadi.

O‘zbekistonni chorak asr boshqarib kelgan siyosatimizning asosiy figurasi bo‘lgan Islom Karimov oramizda yo‘qligiga esa bu yil 10 yil to‘ladi. U 2016 yilning 2-sentabr kuni vafot etgan edi.

O‘sha kuni mamlakat aholisi ko‘zida yosh bilan so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘ygan edi.Mustaqilligimiz asoschisini faqatgina tug‘ilgan kuni yoki vafot etgan sanasida xotirlashimiz emas, balki tez-tez esga olishimiz muhimdir.

Islom Karimovni yaxshi xotiralar bilan esga oladiganlar bilan bir qatorda, tanqid qilganlar ham topiladi.

To‘g‘ri, Islom Karimov siyosatda qattiqqo‘l, kezi kelganda shafqatsiz bo‘lgan ham, deyishadi. Prezident Karimovning qattiqqo‘lligi ham o‘sha davr uchun mos va xos bo‘lgandir. Buni hatto o‘sha davrda O‘zbekistonning birinchi bosh vaziri bo‘lgan Abduhoshim Mutalov ham ta’kidlagan.

Karimov ozmi-ko‘pmi mana shu davlatning oyoqqa turishi, iqtisodiyoti o‘nglanishi, rivojlanish, xalq farovonligi uchun astoydil bel bog‘lagan davlat arbobi edi.Xato esa har qanday insonda bo‘ladi. Muhimi, o‘sha yo‘l qo‘yilgan xatolardan kerakli xulosani chiqarib, uni takrorlamaslik.

Teglar

Ozodbek Abdumo‘minov

Ozodbek Abdumo‘minovMaqolalar soni: 1

Barchasi

Mavzuga oid