
Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i ochiladi
Pokiston poytaxti Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi yangi bog‘ barpo etiladi.
© Фото: president.uzBugun, 5-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomoboddagi ko‘chalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bog‘ga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi bo‘ldi.
Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda O‘zbekiston – Pokiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.
Toshkent ko‘chasi va buyuk ajdod Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida ta’kidlandi.





