add

Isroil: Eron va Suriya bilan urush hali tugagani yo‘q

23.07.2025 | 10:1524303

Isroil Suriya va Livandagi «Hizbulloh» harakatining strategik imkoniyatlarini cheklash, Suriyada o‘z amaliyotlarini saqlab qolish va Eronga qarshi kurashni davom ettirmoqda.

Isroil: Eron va Suriya bilan urush hali tugagani yo‘q
Bu haqda Isroil Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, general-leytenant Eyal Zamir ma’lum qildi. Zamir so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi ikki yil ichida ilk bor yuqori darajadagi harbiy rahbarlar bilan birgalikda bir nechta front bo‘yicha vaziyatni to‘liq baholagan. Razvedka ma’lumotlari, operativ holat va strategik tahlillar asosida Isroil armiyasining keng qamrovli qurolli to‘qnashuvlarga tayyor holda bo‘lishi zarurligi ta’kidlangan. General-leytenant Isroilning havodagi ustunligini saqlash va razvedka imkoniyatlarini kuchaytirish davom ettirilishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil «Hizbulloh» harakatining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik va Suriyadagi harakat erkinligini saqlashga intiladi. Zamir G‘azodagi urush Isroil armiyasi uchun eng murakkab mojarolardan biri ekanini ta’kidlab, mamlakat bu urush uchun og‘ir narx to‘layotganini bildirdi. Shu bilan birga, u Eron masalasiga alohida to‘xtalib, Tehron va uning ittifoqchilari Isroil uchun hali ham asosiy tahdid ekanini, urush esa yakunlanmaganini aytdi. Isroil armiyasi shuningdek, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi nazoratdagi hududlarda ham amaliyotlarni olib bormoqda. Ma’lumot uchun, harbiy harakatlar fonida otashkesimga qaramay, 21 iyul kuni Isroilning qiruvchi samolyotlari Suriya janubidagi Suvayda va Dar’a viloyati chegarasida arab qabilalarining pozitsiyalarini nishonga olgan edi.

Teglar

Mavzuga oid