
Isroil Erondagi siyosiy mahbuslar qamoqxonasiga havodan zarba berdi
23.06.2025 | 20:1546243
Isroil harbiylari Erondagi «Evin» qamoqxonasiga zarba berdi. Bu turma siyosiy mahbuslar saqlanadigan asosiy ob’ektlardan biri bo‘lib, Erondagi qatag‘on ramzi sifatida qaraladi.

Isroil mudofaa armiyasi Eron hududida joylashgan Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ga qarashli ob’ektlarga qarshi yangi aniq hujumlar seriyasini boshladi. Mahalliy va xalqaro manbalarga ko‘ra, bu zarbalar asosan Tehronda joylashgan strategik harbiy inshootlar hamda kuchishlatar tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq infratuzilmalarga qaratilmoqda.
Jumladan, Isroil harbiy-havo kuchlari Tehrondagi mashhur «Evin» qamoqxonasining asosiy kirish darvozalariga aniq zarba bergani haqida xabarlar tarqaldi. Bu qamoqxona Eronda siyosiy mahbuslar saqlanadigan eng tanilgan muassasalardan biri hisoblanadi. U yerda muxolifat vakillari, jurnalistlar, faollar va hukumat tanqidchilari saqlanadi.
Eron tomoni qamoqxonaga hujum qilingani tasdiqlab, Isroil mamlakatda noxushliklar keltirib chiqarish uchun turli vositalardan foydalanayotgani — dronlar va joylardagi diversiyalardan tortib, «Iran International» va «BBC Persian» kabi OAV orqali psixologik bosimgacha uyushtirayotganini taq’kidlamoqda. «Bu kanallarga shunchaki e’tibor qaratishning o‘zi, garchi bu norozilik tufayli yuz bersa ham, sizda dushmanning psixologik urushi doirasiga tortilish xavfini yaratadi», deyiladi Eronning «Hamshahri» gazetasi maqolasida.
«Mamlakatni oyoqqa qalqitishga qaratilgan bunday urinishlarga qarshi yagona samarali havo mudofaa tizimi — bu jamoat ongini oshirishdir. Eron xalqi anglab yetishi lozimki, bu urush faqat jang maydonida emas, balki onglarda va ko‘chalarda ham ketmoqda. Va unga qarshi kurashishga faqat o‘zimiz qodirmiz», deyiladi nashrning Eron xalqiga murojaatida.
Shuningdek, Isroil aviatsiyasi bugunning o‘zida Eron poytaxti Tehrondagi turli nishonlarga 100 dan ortiq bomba va raketalar tashlagani ma’lum qilinmoqda.





