add

Isroil G‘azo sektoriga havo hujumlarini qayta boshladi

Isroil armiyasi G‘azo janubidagi Rafah shahrida HAMAS jangchilari tomonidan olib borilgan hujumlarga javoban anklav bo‘ylab bir nechta aviahujumlar amalga oshirganini ma’lum qildi.

Isroil G‘azo sektoriga havo hujumlarini qayta boshladi
Isroil Qurolli kuchlari (SAHAL) iddaosiga ko‘ra, HAMAS jangchilari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida isroillik harbiylar tomon o‘q uzgan. Bu hujumdan so‘ng Isroil havo kuchlari anklav hududidagi ob’ektlarga bir nechta zarba bergan. Armiya vakillari yaqin soatlarda yangi aviahujumlar ham bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi. HAMAS vakillari esa Isroilni so‘nggi kunlarda tuzilgan otashkesimni ko‘p marta buzganlikda aybladi. Ularning ma’lumotiga, 10 oktyabrdan keyin SAHAL hujumlari natijasida 38 falastinlik halok bo‘lgan. Guruh Reuters agentligiga bergan bayonotida Isroilga berilishi rejalashtirilgan yana bir isroillik garovga olingan shaxsning jasadi topilganini, ammo yangi eskalatsiya bu jarayonni izdan chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. HAMAS shuningdek, Isroil tomonidan qaytarilgan falastinliklar jasadlarida «qiynoq izlari» aniqlanganini iddao qildi. Isroilda esa bir qator vazirlar yangi aviahujumlarni qo‘llab-quvvatladi. Diaspora ishlari bo‘yicha vazir Amixay Chikli: «HAMAS mavjud ekan, urush ham bo‘ladi», — dedi. Shu bilan birga «Demokratlar» partiyasi rahbari Yair Golan ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida: «HAMASning hujumiga qat’iy javob berish lozim. Faqat shunday yo‘l bilan o‘yin qoidalari o‘rnatiladi», — deya ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid