add

Isroil G‘azoni to‘liq nazoratga olish va HAMASni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

08.05.2025 | 17:0424563

Isroil hukumati HAMASni butunlay yo‘q qilish maqsadida G‘azo sektorida to‘liq harbiy nazorat o‘rnatish va mintaqaga yangi humanitar boshqaruv mexanizmini joriy etishni ko‘zda tutgan rejani ma’qulladi.

Isroil G‘azoni to‘liq nazoratga olish va HAMASni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumati G‘azo sektori ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va HAMASni butunlay yo‘q qilishni ko‘zda tutgan harbiy strategik rejani tasdiqladi. «Gideon jangovar aravalari» deb nomlangan operatsiya AQSH prezidenti Donald Trampning 13–16 may kunlari Yaqin Sharqqa tashrifi davomida hech qanday kelishuv bo‘lmasa, boshlanishi mumkin. Isroil armiyasi bosh shtabi zaxiradagi yuz minglab askarlarni chaqirib, operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rejaga ko‘ra, HAMASni butunlay tor-mor etish uchun G‘azo janubiga yuz minglab falastinliklarni ko‘chirish talab etiladi. Bu esa bugungi kunda sektorda hukm surayotgan og‘ir humanitar inqirozni yanada kuchaytirishi mumkin. Isroil hozirda G‘azo hududining taxminan 50 foizini nazorat qilmoqda. Ikki oydan beri mintaqada humanitar yordam to‘xtatilgan. Isroil tomoni HAMAS ko‘rsatilayotgan yordamlarni o‘zlashtirib, aholiga qimmatbaho sotmoqda, deb ayblab kelmoqda. Yangi rejaga ko‘ra, har kuni 60 ta humanitar yuk avtomashinasi Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazuv punkti orqali olib kiriladi. Marshrutni AQSH kompaniyalari ta’minlaydi, xavfsizlikni Isroil armiyasi nazorat qiladi. Yordam Rafahdagi «toza zona»da tarqatiladi, unda HAMAS a’zolari qatnashmaydi. Isroil humanitar boshqaruvni BMT emas, xalqaro maxsus jamg‘arma orqali tashkil etishni taklif qilmoqda. Biroq BMT bu taklifni rad etdi. Unga qaramay, Isroil o‘z rejasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid