add

«Isroil hadidan oshib ketdi» — Italiya bosh vaziri

07.06.2025 | 12:4019533

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarini keskin tanqid qilib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun operatsiyalarni darhol to‘xtatishni talab qildi.

«Isroil hadidan oshib ketdi» — Italiya bosh vaziri
Italiya nashri La Verità tomonidan uyushtirilgan tadbirda chiqish qilgan Jorja Meloni Isroilning G‘azoda amalga oshirayotgan harbiy harakatlari «qabul qilib bo‘lmas darajaga yetganini» aytdi. Uning ta’kidlashicha, fuqarolarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy operatsiyalar tezda to‘xtatilishi kerak. Meloni Italiyaning G‘azo sektori aholisi uchun eng yirik humanitar yordam ko‘rsatuvchi mamlakatlardan biri ekanini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya insonparvarlik ko‘magi orqali tinch aholiga yordam berishni davom ettiradi. Bosh vazir Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan gapirar ekan, arab mamlakatlari va Fors ko‘rfazi davlatlarining kelgusida G‘azo tartiboti bo‘yicha tashabbuslarini muhim deb atadi. Ushbu davlatlar tinchlik jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkinligini ta’kidladi. Ukrainadagi urush haqida fikr bildirgan Meloni, Rossiyaning xatti-harakatlarini xavotirli deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyatning tinchlikka chaqiruvlariga qaramay, Moskva faqat fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berish va ichki auditoriyaga qaratilgan shovinistik ritorika bilan javob bermoqda. Meloni shuningdek, AQSH prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ham munosabat bildirdi. Tramp Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasligi kerakligi va Rossiya xalqaro hamjamiyatga qaytarilishi lozimligini aytgan edi. Italiya bosh vazirining ta’kidlashicha, G‘arbdan bunday «muloyim» signallar ketar ekan, Moskvadan aslida konstruktiv qadamlar kutilishi kerak, ammo amalda bunga teskari holat yuz bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid

«Isroil hadidan oshib ketdi» — Italiya bosh vaziri | Vaqt.uz