add

Isroil Saudiya Arabistonidan uzr so‘radi

Shu kunlarda Tramp va bin Salmon o‘rtasidagi uchrashuvda Isroil va Saudiya o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Isroil Saudiya Arabistonidan uzr so‘radi

Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Saudiya Arabistoni va u bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyati haqida masxaraomuz tarzda bildirgan fikrlari uchun uzr so‘radi.

«Saudiya Arabistoni haqidagi izohim mutlaqo o‘rinsiz edi va yetkazilgan haqorat uchun kechirim so‘rayman», - dedi Smotrich X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida.

Ilgari «Texnologiya davrida Galaxa» konferensiyasida u shunday degan edi: «Agar Saudiya Arabistoni bizga «Falastin davlati evaziga munosabatlarni normallashtirish» desa - yo‘q, rahmat. Arabiston sahrosida tuya minib yuraveringlar, biz esa rivojlanishda davom etamiz».

Bu bayonot tanqid to‘lqinini keltirib chiqardi va AQSH prezidenti Donald Trampning valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yangradi. Ushbu uchrashuvda yahudiy davlati va Ar-Riyod o‘rtasidagi munosabatlarni ehtimoliy normallashtirish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni, Isroil Falastin davlatini tuzishga olib boradigan aniq yo‘lni tanlagan taqdirdagina munosabatlarni normallashtirishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan. Smotrich va Netanyahu hukumatining boshqa a’zolari esa bu shartni rad etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Isroil Saudiya Arabistonidan uzr so‘radi | Vaqt.uz