
Isroil zarbalari ortidagi maqsad mintaqaviy hukmronlikmi?
17.07.2025 | 12:4526073
Al-Jazira tahlilchisi Marvan Bishara Isroilning Suriyaga havo zarbalarini mintaqada hukmronlikka erishish uchun qilingan ochiq va tahdidli harakat sifatida baholadi.
Taniqli siyosiy tahlilchi Marvan Bishara Isroil tomonidan Suriyaga amalga oshirilayotgan havo zarbalarini tanqid qilar ekan, bu harakatlar mintaqadagi geosiyosiy ustunlikka erishish maqsadida qilingan "qo‘pol namoyonkorlik" ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azodagi mojarodan e’tiborni chetga og‘dirish maqsadida yangi frontlar ochmoqda va buning uchun tarixda mustamlakachilar qo‘llagan usullardan — ya’ni ichki etnik yoki diniy guruhlarni suiste’mol qilishdan foydalanmoqda. Bunda "himoya qilish" degan soxta bahona asos qilinayotgani qayd etildi.
Bisharaning fikricha, Suriyadagi durӯzlar jamoasi Isroilning aralashuviga qaramay, milliy birlikni ustuvor deb bilishmoqda. U bu holatni kurdlarni bo‘lishga qaratilgan — ammo muvaffaqiyatsiz tugagan — urinishlarga o‘xshatdi. Shu bilan birga, tahlilchi Isroilning mintaqadagi harbiy va siyosiy xatti-harakatlari keng qamrovli strategiyaning bir qismi ekanini va xalqaro hamjamiyat bunga nisbatan loqayd qolmasligi lozimligini qayd etdi.
Marvan Bishara bu harakatlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka tahdid solishini ta’kidladi va ularni xalqaro huquq me’yorlariga zid deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bunday siyosat Isroilning ichki va tashqi siyosiy muammolarini niqoblash uchun qo‘llanilayotgan vositaga aylanib qolgan.





