
Istanbul–Urganch yo‘nalishidagi samolyot Boku shahriga majburiy qo‘ndi
18.10.2025 | 16:2231342
Majburiy qo‘nishga parvoz vaqtida aviaqatnov yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan.

«Uzbekistan Airways»ning Istanbul–Urganch yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti bortida yo‘lovchining ahvoli yomonlashgani sababli Boku xalqaro aeroportiga majburiy qo‘ndi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy bayonot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 17 oktyabr kuni amalga oshirilgan HY280 reysi davomida bir yo‘lovchi salomatligi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Ekipaj xavfsizlikni ta’minlash maqsadida samolyotni Boku aeroportiga majburiy qo‘ndirgan.
Aviakompaniya yo‘lovchining aniq ahvoli va unga ko‘rsatilgan tibbiy yordam haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Shu bilan birga, HY280 reysi keyinchalik rejaga muvofiq parvozni davom ettirgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr oyida shunga o‘xshash holat HY272 reysida ham kuzatilgan edi. O‘shanda Istanbuldan uchgan samolyotda salon bosimidagi beqarorlik sababli parvoz bekor qilingan va layner xavfsizlik nuqtayi nazaridan yana Istanbul aeroportiga qo‘ndirilgan edi.





