add

Istanbuldagi muzokaralar Kiyev uchun xavfli bo‘lishi mumkinmi?

13.05.2025 | 11:3248763

Tahlilchilarning fikricha, Putinning sulh muzokaralari o‘tkazish taklifi ortida siyosiy tuzoq yotgan bo‘lishi mumkin. U shu orqali Ukrainaga bosim o‘tkazish va AQSH bilan muloqotni yo‘qotmaslikka intilmoqda.

Istanbuldagi muzokaralar Kiyev uchun xavfli bo‘lishi mumkinmi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina va uning G‘arbdagi hamkorlarining 30 kunlik otashkesim haqidagi taklifiga javob berishga majbur bo‘ldi, deb hisoblaydi siyosatshunos Vladimir Fesenko. Ammo bu javob aslida Yevropa yoki Ukraina uchun emas, balki AQSHdagi siyosiy jarayonlar, xususan, Donald Trampning e’tiborini jalb qilishga qaratilgan. Fesenko so‘zlariga ko‘ra, Putin Istanbulni muzokaralar maydoni sifatida taklif etish orqali 2022 yildagi dastlabki uchrashuvlarni eslatmoqchi — o‘shanda Kreml Ukrainadan deyarli taslim bo‘lishni talab qilgan edi. Tahlilchilarning fikricha, Putin Ukrainaga biryo‘la qo‘shtuzoq qo‘ymoqda: Kiyev muzokaralardan bosh torta olmaydi, lekin Rossiya shartlarini qabul qilish ham uning manfaatiga zid. Shuning uchun rasmiy Kiyev muzokaralar formati va tarkibi bo‘yicha faol tashabbus ko‘rsatishi kerak. «Gap butun Yevropa xavfsizligi haqida ketmoqda, shunday ekan, muzokaralar keng qamrovli bo‘lishi zarur», — deydi «Ukraina meridiani» markazi rahbari Dmitriy Levus. «Ukrainska prizma» tahlil markazi vakili Aleksandr Krayev esa agar Istanbuldagi muzokaralar samara bermasa, Donald Tramp orqaga chekina olmaydi, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, Amerika prezidenti bu jarayonga juda ko‘p siyosiy kapital tikib bo‘lgan va endi natija ko‘rsatishi shart — aks holda u ojiz siyosiy yetakchi sifatida qabul qilina boshlashi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid

Istanbuldagi muzokaralar Kiyev uchun xavfli bo‘lishi mumkinmi? | Vaqt.uz