add

Jahon banki Markaziy Osiyoga 60 million dollar ajratdi

29.05.2025 | 16:4749783

«Yagona salomatlik» dasturi inson va hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilishni maqsad qilgan.

Jahon banki Markaziy Osiyoga 60 million dollar ajratdi
Jahon banki Markaziy Osiyoda sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohalaridagi tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida «Yagona salomatlik» dasturining birinchi bosqichi uchun 60 million dollar ajratdi. Bu mablag‘ Qirg‘izistonga imtiyozli kredit, Tojikistonga esa grant shaklida taqdim etiladi. Moliyalashtirish Ijroiya kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi mintaqa mamlakatlarida inson va hayvonlar sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillarga qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytirishdan iborat. Bu dastur Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab oladi. Jami 130 million dollarlik loyiha 2025 yildan 2032 yilgacha amalga oshiriladi. Unda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari o‘rtasidagi hamkorlik kuchaytiriladi. Markaziy Osiyodagi zoonoz kasalliklar, antibiotiklarga chidamlilik, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishi kabi muammolar pandemiya xavfini oshirmoqda. Shu bilan birga, hayvonlar migratsiyasi va yerning degradatsiyasi kabi omillar tahdidni yanada kuchaytirmoqda. Shunga qaramay, mintaqada transport va qishloq xo‘jaligi savdosi orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham yaralmoqda. Jahon bankining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bo‘yicha global direktori Shobxa Shettiga ko‘ra, «Yagona salomatlik» tashabbusi xavflarni samarali boshqarish va turli sohalar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid