add

Jalolobod shahri nomi «Manas»ga o‘zgartirildi

18.09.2025 | 10:405243

Bu qaror milliy mafkurani mustahkamlash maqsadida qabul qilgani aytilmoqda. U yerda 184 mingdan ziyod aholi yashaydi va ularning taxminan 30 foizi o‘zbeklardir.

Jalolobod shahri nomi «Manas»ga o‘zgartirildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Jalolobod shahrini «Manas» deb qayta nomlash haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Jogorku Kenesh mazkur qonunni 2025 yil 10 sentyabrda ma’qullagan edi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, shahar xalq qahramoni, qirg‘iz xalqi muhofazi sifatida talqin qilinadigan Manas nomi bilan ataladi. Hujjat rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kun o‘tib kuchga kiradi. Jalolobod tarixi XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Meriya ma’lumotiga ko‘ra, shahar 1877 yilda asos solingan. 1909 yilda aholisi 1100 kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning asosiy qismi o‘zbeklar edi. 1916 yilga kelib esa aholi soni 6 ming kishiga yetgan. Hozirgi kunda shahar maydoni 64,6 km²ni tashkil qiladi. U yerda 184 mingdan ziyod aholi yashaydi va ularning taxminan 30 foizi o‘zbeklardir. Ma’lumot uchun, bu o‘zgarish qirg‘iz davlatchiligining ma’naviy ramzlaridan biri bo‘lgan Manas nomi orqali milliy birlik va g‘ururni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi. Eslatib o‘tamiz, Jalolobod shahar meri Ernisbek Ormokeyev shaharni «Manas» deb qayta nomlash tashabbusini bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid