Janni Infantino va Aleksander Cheferin Isroil jinoyatlariga sherikligi aytilmoqda

27.02.2026 | 22:202 daqiqa

Huquqni himoya qilish tashkilotlari FIFA va UEFA rahbariyati ustidan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat yo‘lladi.

Janni Infantino va Aleksander Cheferin Isroil jinoyatlariga sherikligi aytilmoqda

Bir qator huquqni himoya qilish tashkilotlari Xalqaro jinoiy sudga Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ga qarshi shikoyat yo‘llab, ularni Isroilning harakatlariga sheriklikda aybladi.

Xalqaro jinoiy sudga (XJS) FIFA va UEFAga qarshi shikoyat yo‘llandi. Murojaat bir nechta huquqni himoya qilish tashkilotlari, jumladan, Jenevada joylashgan Yevro-O‘rta yer dengizi inson huquqlarini monitoring qilish tashkiloti (Euro-Med) tomonidan taqdim etildi.

Shikoyatga sabab

Da’vo arizasida FIFA prezidenti Janni Infantino va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin «harbiy jinoyatlarga ko‘maklashish» hamda «bosib olingan Falastin hududida insoniyatga qarshi jinoyatlar»da ayblanmoqda.

Shikoyatga bosib olingan hududlardagi noqonuniy aholi punktlarining Isroil klublari xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgani sabab bo‘lgan.

«Anadolu» agentligi muxbiri vaziyatni Nyu-Bransuik universiteti o‘qituvchisi va «Falastin uchun Irlandiya sporti» tashkiloti a’zosi Natan Kalman-Lamb bilan muhokama qildi.

«UEFA va FIFA ushbu klublarning bosib olingan hududlarda mavjudligi qonuniyligini tan olmoqda, shuningdek, Isroil futbol federatsiyasi va unga kiruvchi barcha jamoalarga yiriq sport tadbirlarida qatnashishga ruxsat bermoqda», — deb ta’kidladi u.

«Sportchilarga qarshi genotsid»

Kalman-Lamb G‘azoda sodir bo‘layotgan genotsid fonida XJSga murojaat qilish «nihoyatda muhim» ahamiyatga ega ekanini aytdi.

«G‘azodagi bizga ma’lum bo‘lgan genotsiddan tashqari, yana bir omil borki, biz uni «sportchilarga qarshi genotsid» deb ataymiz. G‘azo sport jamiyatining deyarli 1000 nafar a’zosi o‘ldirildi, eksklavning yuzlab sport inshootlari vayron qilindi. Ushbu harakatlarni Isroil G‘azoda amalga oshirayotgan ishlarning keng kontekstida sport jamiyatiga qarshi og‘ir jinoyatlar sifatida qarash mumkin», — deya tushuntirdi u.

Ekspert bosib olingan hududlarda Isroil klublari va sport infratuzilmasining mavjudligi aholi punktlarini mustahkamlash siyosatining bir qismi ekanini va bu xalqaro huquqni buzishini ta’kidladi.

U shuningdek, FIFA va UEFA chetlatish haqidagi chaqiriqlarga qaramay, Isroil klublari va terma jamoalarini xalqaro turnirlarga qo‘yishda davom etayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Uning fikricha, shu tariqa tashkilotlar bosib olingan hududlardagi jamoalarning legitimligini tan olmoqda.

Kalman-Lamb qo‘shimcha qilishicha, Falastin futbol assotsiatsiyasi o‘z yurisdiksiyasini talab qilmoqda va bunday harakatlar FIFA hamda UEFA nizomlariga zid deb hisoblaydi.

Teglar

Mavzuga oid