add

Janubiy Koreya aholisi 7,5 mln nafargacha kamayishi aytilmoqda

03.07.2025 | 23:1022674

Tahlilchilarning fikricha, bunday demografik tanazzulning bosh sabablari yoshlar orasidagi moliyaviy qiyinchiliklar, uy-joy yetishmasligi va farzandli bo‘lishga nisbatan sust qiziqish bilan bog‘liq.

Janubiy Koreya aholisi 7,5 mln nafargacha kamayishi aytilmoqda
Janubiy Koreya aholisi 2125 yilgacha besh barobarga kamayishi mumkin. Bu haqda The Korea Herald nashri ma’lum qildi. Xususiy tadqiqot markazi – Korean Peninsula Population Institute for Future taqdim etgan eng yomon ssenariyga ko‘ra, 2125 yilga kelib Janubiy Koreya aholisi soni 7,53 million nafargacha kamayishi xavfi bor. Bu — hozirgi 51,68 millionlik aholining atigi 15 foizi degani. Hatto eng optimistik ssenariyda ham bu ko‘rsatkich 15,7 milliondan oshmaydi. Ya’ni, har qanday holatda mamlakat aholisi keskin qisqarishi kutilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bunday demografik tanazzulning bosh sabablari yoshlar orasidagi moliyaviy qiyinchiliklar, uy-joy yetishmasligi va farzandli bo‘lishga nisbatan sust qiziqish bilan bog‘liq. 60 mingga yaqin xabarlar tahlil qilingan so‘rovnoma natijalarida yoshlar oila qurishda «pul» va «uy-joy»ni asosiy omil deb belgilagan. Sevgi esa ba’zi javoblarda umuman tilga olinmagan. Shuningdek, prognozlarga ko‘ra, 75 yildan so‘ng har 100 nafar mehnatga layoqatli shaxs hisobiga 140 nafar qariya to‘g‘ri keladi. Bu — ijtimoiy ta’minot va iqtisodiy barqarorlik uchun jiddiy tahdiddir. Institut demografik inqirozga qarshi quyidagi choralarni taklif qilmoqda: - Farzand tug‘ish va tarbiyalash xarajatlarini kamaytirish uchun davlat qo‘llab-quvvatlashini oshirish; - Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash; - Nafaqa yoshini oshirish; Qariyalarni ish bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash; -Immigratsiya siyosatini isloh qilish. Ushbu prognozlar Janubiy Koreyaning demografik inqirozi qay darajada jiddiy ekanini ko‘rsatib bermoqda. Mamlakat hozirda dunyodagi eng past tug‘ilish ko‘rsatkichi va aholining tez qarish jarayoni bilan yuzma-yuz kelmoqda. Ta’kidlash joiz, 2024 yilda Janubiy Koreyada 242 334 nafar chaqaloq dunyoga keldi – bu 2015 yildan beri kuzatilgan birinchi yillik o‘sish hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid