add

JCH-2026 favoritlari reytingi: O‘zbekiston 25-o‘ringa joylashtirildi

12.09.2025 | 10:3027863

Bu safar Osiyodan qit’asidan 6 mamlakat ro‘yxatga kiritilgan. Reytingda Ispaniya chempionlikka asosiy da’vogar sifatida qayd etilgan.

JCH-2026 favoritlari reytingi: O‘zbekiston 25-o‘ringa joylashtirildi
Goal.com sayti JCH-2026 bo‘yicha favoritlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy jamoasi 25-o‘rindan joy olgan. Bu mamlakat uchun tarixiy natija sifatida qayd etilmoqda. Ro‘yxatda Ispaniya chempionlikka eng asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilgan.Ispaniyadan keyin Argentina, Angliya va Portugaliya yuqori to‘rtlikni tashkil qilgan. Braziliya esa birinchi sakkizlikda o‘rin olgan. Shuningdek, Marokash, Ekvador va Koreya Respublikasi ham yuqori o‘nlikdan joy topdi. Osiyo mamlakatlari orasida Koreya Respublikasi 11-o‘rinni, Yaponiya 12-o‘rinni, Eron 22-o‘rinni, O‘zbekiston 25-o‘rinni va Iordaniya 26-o‘rinni egalladi. Avstraliya esa 21-o‘rindan joy olgan. To‘liq reytingda 27 davlat qayd etilgan bo‘lib, ular orasida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlari kuchli yetakchilikni saqlab turibdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta yutuq sifatida qayd etilmoqda, chunki milliy jamoa ilk bor shunday nufuzli reytinglarda yuqori o‘rinlardan ko‘rina boshladi. Futbol bo‘yicha jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Musobaqada jami 48 jamoa ishtirok etadi va bu tarixdagi eng yirik JCH bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk marta CAFA Nations Cup–2025 turniri g‘olibligini qo‘lga  kiritgan edi.

Teglar

Mavzuga oid