Jurnalist Fazliddin Mehmonov qamoqqa olindi
Vaqt.uz manbasiga ko‘ra, Demokrat.uz rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Demokrat.uz sayti direktori Fazliddin Mehmonov qamoqqa olingani aytilmoqda. Bu haqda Vaqt.uz manbasi xabar berdi.
Mehmonov Jinoyat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (tovlamachilik qilish) sodir etishda gumonlanyapti.
Ma’lumot uchun, Demokrat.uz Veb-sayti OAV sifatida 2022 yil 1 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan 041243 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Jurnalist Fazliddin Mehmonov faoliyati davomida qator tanqidiy surishtiruvlar qilgan.
Ayblov mazmuni va ish tafsilotlari rasmiy idoralartomonidan hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq, Taftish.uz nashrining bir qator xodimlari tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olingan edi.





