add

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, jahon chempioni bo‘ldi

02.10.2025 | 16:1044392

Hindistonning Nyu Dehli shahrida o‘tkazilayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Karomat Omonova navbatdagi tarixiy yutuqka erishdi.

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, jahon chempioni bo‘ldi
20 yoshli Omonova ayollar o‘rtasidagi yadro uloqtirish musobaqasining F46 toifasida 13,07 metrlik natija qayd etib, barcha raqiblarini orqada qoldirdi. Bu ko‘rsatkich qit’ada mutlaq rekord sifatida qayd etildi. Bellashuvda ikkinchi o‘rinni Yangi Zelandiya sportchisi Holli Robinson egalladi. U 12,86 metr natija ko‘rsatib, Okeaniya rekordini o‘rnatdi. Uchinchi o‘ringa esa kanadalik Keti Pegg munosib topildi — uning natijasi 12,76 metrni tashkil etdi. Karomat Omonovaning bu g‘alabasi orqali O‘zbekiston terma jamoasining medallar soni 8 taga yetdi. Jamoa hisobi hozircha 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaldan iborat. Chempionatda bellashuvlar davom etmoqda va o‘zbekistonlik sportchilardan yana yangi yutuqlar kutilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yoshlarimizning kuchli natijalari mamlakatda para sport turlariga bo‘lgan e’tibor yanada ortib borayotganidan dalolatdir.

Teglar

Mavzuga oid