add

Kecha butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan Superoy fotograflar nigohida

Bugun 21:551031

Bu yilgi to‘lin oy Yerga eng yaqin masofada joylashgani uchun odatdagidan kattaroq va yorqinroq ko‘rinish berdi.

Kecha butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan Superoy fotograflar nigohida

Dunyo aholisi kecha, 5 noyabr kuni tunda osmonda ko‘tarilgan Qunduz Superoy hodisasini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yilning eng katta va eng yorqin Oyi bulutsiz osmonga ega hududlarda o‘z butun go‘zalligi bilan porlab turdi.

Avvalgi Superoylarga nisbatan kecha kuzatilgan Qunduz Superoyi kattaroq va yorqinroq bo‘ldi, chunki u Yerga eng yaqin to‘lin oy hisoblanadi.

Buning sababi Oy Yer atrofida mukammal doira bo‘ylab emas, balki oval shaklidagi orbitada aylanadi.

Qunduz nomi superoylarga laqab qo‘yish an’anasiga amal qilib qo‘yilgan.

Nomning kelib chiqishi borasida turli fikrlar mavjud, biroq ayrim manbalarga ko‘ra, bu nom Shimoliy Amerikadagi mahalliy aholining noyabr oyida qunduz tutish uchun tuzoqlar qo‘yish odatiga bog‘liq.

Yilning so‘nggi Superoyi shu oyning Quduz superoyidan keyin, 4 dekabr kuni kuzatiladi. Dunyo bo‘ylab fotograflar superoyni turli joylardan kuzatib, o‘z suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqda.

01

Photograph: Patrick Pleul

2

Photograph: David Balogh/SOPA Images/Shutterstock

3

Photograph: Ethan Swope/AP

4

Photograph: Julian Stratenschulte/dpa

5

Photograph: David Balogh/SOPA Images/Shutterstock

6

Photograph: Marina Lystseva/Reuters

7

Photograph: Hannibal Hanschke/EPA

8

Photograph: Michael Probst/AP

9

Photograph: Anadolu/Getty Images

10

Photograph: Patrick Pleul/dpa

Teglar

Mavzuga oid

Kecha butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan Superoy fotograflar nigohida | Vaqt.uz