
Kelgusi oydan yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi
13.08.2025 | 13:4513793
9 sentyabrdan boshlab yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar tezligi oshiriladi. Bu bilan bir qator reyslarning bekatga kirib kelish vaqtlari sezilarli qisqaradi.

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ma’lumot berishiicha, 710-sonli «Toshkent Markaziy — Buxoro» yo‘nalishida harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqartirilib, poyezd Toshkentdan 08:40 da jo‘nab, 14:10 da Buxoroga yetib boradi. 709-sonli «Buxoro — Toshkent Markaziy» reysida esa vaqt 70 daqiqaga qisqartirilgan.
Shuningdek, 716-sonli
«Toshkent Markaziy — Qarshi» (3 daqiqa),
715-sonli «Qarshi — Toshkent Markaziy» (44 daqiqa),
712-sonli «Toshkent Markaziy — Buxoro» (10 daqiqa)
711-sonli «Buxoro — Toshkent Markaziy» (20 daqiqa) yo‘nalishlarida ham tezlik oshiriladi.
126/125-sonli «Xiva — Andijon» poyezd vaqti 10 daqiqaga qisqargan bo‘lib, Xivadan 15:15 da chiqib, Andijonga 11:58 da yetib keladi. 57-sonli «Shovot — Toshkent janubiy» reysi Shovotdan 16:21 da jo‘naydi.
Bundan tashqari,
731-sonli «Andijon — Toshkent Markaziy» (06:11–12:38),
771-sonli «Buxoro — Toshkent Markaziy» (03:15–07:29),
6418-sonli «Toshkent janubiy — Sirdaryo» (19:57–22:01)
6454-sonli «Toshkent janubiy — Xavast» (18:55–22:35) yo‘nalishlari ham yangilangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov Toshkentning beshta asosiy ko‘chasida transport vositalari uchun maksimal tezlik chegarasini 80 km/hʼgacha oshirish taklifi berilganini ma’lum qilgan edik.





