add

«Kelin o‘g‘irlash» an’anasiga jinoiy javobgarlik belgilandi

17.07.2025 | 10:4022613

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlash holatlari endi alohida jinoyat sifatida baholanadi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev mazkur amaliyotni qonuniy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi yangi qonunni imzoladi. Bu mamlakatda ayollar huquqini himoya qilish borasida muhim huquqiy qadam bo‘ldi.

«Kelin o‘g‘irlash» an’anasiga jinoiy javobgarlik belgilandi
To‘qayev imzolagan qonunda «Nikohga majburlash» deb nomlangan yangi modda joriy etildi. Unga ko‘ra, kelin o‘g‘irlash jinoyati uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, erkinlikni cheklash yoki jinoyat og‘irligiga qarab 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan. Bundan avval bunday holatlar «odam o‘g‘irlash» deb baholanib, 15 yilgacha qamoq jazosi bilan cheklanar, lekin ayol o‘z ixtiyori bilan ozod qilingan hollarda aybdorlar javobgarlikdan ozod qilinar edi. Shu bilan birga, yangi qonunda Qozog‘istonda ilk marta «stalking» — ya’ni shaxsning roziligisiz uni kuzatish yoki aloqa o‘rnatishga urinish kabi tajovuzkor, lekin zo‘ravonliksiz harakatlar ham jinoiy tartibda baholanishi belgilandi. Bunday qilmishlar uchun jarima yoki 90 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llaniladi. Prezident To‘qayev bu haqda ilgariroq Milliy quriltoyda ham fikr bildirib, kelin o‘g‘irlash amaliyotini millat nomidan qoralagan. U bu xatti-harakatni insoniy qadriyatlar va demokratik jamiyat tamoyillariga zid, deb baholagan.

Teglar

Mavzuga oid