KFC’dan Oqtepa’gacha: Yirik fast-fud tarmoqlari 2025 yilda qanday foyda oldi?

Bugun 19:062 daqiqa

KFC 100 mlrd so‘mdan oshiq foyda bilan yetakchi bo‘ldi. Pitssa tarmoqlari esa yilni zarar bilan yakunladi.

KFC’dan Oqtepa’gacha: Yirik fast-fud tarmoqlari 2025 yilda qanday foyda oldi?

2025 yil O‘zbekistonda aksariyat fast-fud tarmoqlari uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Vaqt.uz ularning moliyaviy hisobotlarini o‘rganib chiqdi.

iHamkor.uz ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p daromad qilgan fast-fud restorani KFC bo‘ldi. 2025 yilda bu brend ostida faoliyat olib boruvchi «International Foodchain» MCHJ daromadi 1 trln so‘mdan oshdi.

Keyingi o‘rinda Evos bormoqda. Uning daromadi 2025 yilda 3,1 foizga kamayib, 835,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. KFC daromadi esa aksincha 36,2 foizga oshib, 1 trln so‘mga yetdi.

Oqtepa Lavash daromadi esa sezilarli o‘sishni qayd etdi va uchinchi o‘rinni egalladi. «Oqtepa-food-service» MCHJ tushumini o‘tgan yilga nisbatan 169 foizga oshirib, 605,3 mlrd so‘mga yetkazdi.

Bundan tashqari, Feed Up daromadi 17,4 foizga o‘sib, 178 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bellissimo Pizza esa daromadini 101,4 foizga oshirib, 141,3 mlrd so‘mga yetkazdi.

Shuningdek, Maxway 122,7 mlrd so‘m (9,4 foiz), Dodo Pizza 61,6 mlrd so‘m (+128,6 foiz) daromad olishga erishdi.

Foyda ko‘rsatkichlari qanday?

2025 yilda foyda bo‘yicha ham KFC 100,4 mlrd so‘m bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinni Evos (58,6 mlrd so‘m) va Oqtepa Lavash (26,4 mlrd so‘m) egalladi.

Bellissimo Pizza yilni 6,7 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi. Biroq kompaniyaning boshqa MCHJlari ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Eng katta zarar Dodo Pizza’da bo‘ldi — 31 mlrd so‘m. Fast-fud tarmog‘i 2023 yildan beri zararda ishlamoqda.

1

Soliqlar bo‘yicha vaziyat

KFC 100 mlrd so‘mdan oshiq foyda olish bilan birga, 93 mlrd so‘m soliq ham to‘ladi. Evos 77,9 mlrd so‘m, Oqtepa Lavash 42,2 mlrd so‘m soliq to‘lovlarini amalga oshirdi.

Zararda bo‘lgan Bellissimo Pizza va Dodo Pizza esa mos ravishda 7,5 va 4,5 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Maxway’da bu ko‘rsatkich 5,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Teglar

Mavzuga oid