
Kim Chen In bosh vazir o‘rinbosarini echkiga qiyoslab, ishdan bo‘shatdi
Uning ta’kidlashicha, layoqatsiz rahbarlarning faoliyati tufayli davlat iqtisodiyoti sezilarli darajada zarar ko‘rgan.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) rahbari Kim Chen In mashinasozlik sohasidagi muammolar tufayli mamlakat bosh vaziri o‘rinbosarini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda CNN xabar berdi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi amaldorni echkiga qiyoslagan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mashinasozlik sohasiga mas’ul bo‘lgan vitse-prezident Yan Son Xoni mamlakat shimoli-sharqidagi Ryonson mashinasozlik majmuasini modernizatsiya qilish ishlari davomida «keraksiz, sun’iy chalkashliklar» keltirib chiqarishda ayblagan.
«Ho‘kizlar aravasidagi echki» qiyosi
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, mas’uliyatsiz va layoqatsiz amaldorlar tufayli loyiha sezilarli iqtisodiy yo‘qotishlarga uchragan. U, shuningdek, dekabr oyida bo‘lib o‘tgan partiya yig‘ilishida Yan Son Xoni ushbu masalalar bo‘yicha tanqid qilganini va uni diqqat bilan kuzatib kelganini, biroq unda mas’uliyat hissi mutlaqo yo‘qligini aniqlaganini qo‘shimcha qilgan.
«Agar majoziy ma’noda aytadigan bo‘lsak, u xuddi ho‘kizlar qo‘shilgan aravaga bog‘langan echkiga o‘xshardi. Biz buni kadrlarni tayinlash amaliyotimizdagi tasodifiy xato sifatida ko‘rishimiz kerak», - degan KXDR yetakchisi.





