add

Kiyev «bosim ostida»: Zelenskiy Trampning talabini rad etmoqda

15.12.2025 | 22:187212 daqiqa

AQSH va Ukraina o‘rtasidagi yagona bahsli masala Donbass maqomi masalasi bo‘lib qolmoqda. Vashington Ukraina qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishni talab qilyapti.

Kiyev «bosim ostida»: Zelenskiy Trampning talabini rad etmoqda

AQSH va Ukraina o‘rtasida Berlinda o‘tayotgan muzokaralar Donbass maqomi masalasida eng keskin bosqichga kirdi: Amerika tomoni Kiyevdan Donbassdagi barcha qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishni talab qilmoqda, biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu shartlarni qabul qilishni keskin rad etmoqda. Vashingtonning bu talabi Kiyev uchun «qizil chiziq» hisoblanadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Berlindagi muzokaralarning birinchi raundi besh soatdan ortiq davom etgan. Unda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Oq uy maslahatchisi Jared Kushner ishtirok etdi. Amerika delegatsiyasi ikki kunlik muloqot davomida ham Donbassning urushdan keyingi maqomi bo‘yicha asosiy masalada qattiq turib oldi. Vashington omma oldida muzokaralarda «jarayon» haqida gapirgan bo‘lsa-da, yopiq eshiklar ortida tortishuv keskin o‘tgan va tomonlar hatto asosiy punktga yaqinlashmagan .

AFP agentligi manbalarining ma’lum qilishicha, amerikalik muzokarachilar Ukrainadan Donetsk oblastidagi egallab turgan pozitsiyalarini tark etishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri talab qilmoqda. Kiyev rasmiylari esa o‘t ochishni to‘xtatish faqat hech qanday hududiy yon berishlarsiz amalga oshirilishi mumkin, deb hisoblaydi. Agentlik manbasiga ko‘ra, Kiyev AQSH talabiga rozi bo‘lmayapti va uni Rossiya pozitsiyasining takrori sifatida qabul qilmoqda.

Manbalardan biri: «Putin hududlarni istaydi va amerikaliklar ham aynan shunga erishmoqchi», - deb izohladi. Bu mantiq ukrain delegatsiyasidagi keskinlikni kuchaytirmoqda. Kiyev mintaqadagi eng yaxshi mustahkamlangan shaharlar — Kramatorsk va Slavyanskni jangsiz tashlab ketishdan bosh tortmoqda.

Rossiya bu shartni yashirmaydi. Prezident Vladimir Putin avvalroq Ukraina Qurolli Kuchlarini Donbassdan olib chiqishni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy elementi deb atagan edi. Shuningdek, u Rossiya mintaqaning butun hududi ustidan «harbiy yoki diplomatik yo‘l bilan» nazorat o‘rnatishini aytgan.

Shu bilan bir vaqtda, Zelenskiy murosaga urinmoqda. U NATOga kirish istagidan voz kechishga rozi ammo faqat AQSH va Yevropa tomonidan yuridik jihatdan majburiy xavfsizlik kafolatlari evaziga. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, hududiy masalani faqat Ukraina xalqi saylovlar yoki referendum orqali hal qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid