add

Kiyev Trampni Putin bilan birgalikda Ukrainaga bosim o‘tkazishda aybladi

18.08.2025 | 08:207434

Ukraina rasmiylarini Donald Trampning Putin bilan kelishuv ehtimoli Kiyevni xavotirga solmoqda, deb yozmoqda Financial Times.

Kiyev Trampni Putin bilan birgalikda Ukrainaga bosim o‘tkazishda aybladi
Nashrning yozishicha, Ukraina rasmiylari va jamoatchilik vakillari AQSH prezidenti Donald Trampni Putinga nisbatan keskin chora ko‘rmagani uchun tanqid qilmoqda. Ankorijdagi muzokaralarda Putin o‘t ochishni to‘xtatishni rad etganidan keyin Tramp Moskvaga bosim o‘rniga, Ukrainadan «muvaqqat tinchlik shartnomasi»ni qabul qilishni istashini bildirgan. Putin esa buning evaziga Donbassni topshirish, Qrimni tan olish va Ukrainaga NATOga qo‘shilishni taqiqlashni talab qilgan. «Bu ortdan urilgan pichoq», — dedi Ukraina rasmiylaridan biri. Oliy Rada tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Oleksandr Merejkoning ta’kidlashicha, Tramp Putin bilan birlashib, Kiyevni taslim bo‘lishga majburlashga urinayotgan bo‘lishi mumkin. U Ankoridj sammiti natijalarini «dahshatli» deb baholadi. Merejkoning fikricha, sammitda Putinga o‘t ochishni to‘xtatish talabi qo‘yilishi kerak edi, aks holda og‘ir oqibatlarga duch kelishi aytiladi. Biroq Putin o‘z shartlarini qo‘yib, otashkesimdan bosh tortdi. Trampdan esa hech qanday reaksiya kuzatilmadi. Ukraina parlamenti deputati Ivanna Klimpush-Sinsadze Rossiyaga yer topshirish keyinchalik yangi hujumlar uchun maydon yaratishini bildirdi. «Bunday talablarni bajarish Putinning ambitsiyalarini yanada kuchaytiradi», — dedi u. Jamoatchilik faoli Olga Ayvazovskaya va deputat Roksolana Pidlasa ham yirik hududlardan voz kechish Ukrainaning suverenitetiga tahdid ekanini qayd etdi. FT nashrining yozishicha, Donbassdan voz kechish masalasi ukrain jamiyatida keskin bahslarga sabab bo‘lishi mumkin. AFP manbasiga ko‘ra, Tramp de-fakto Putinning Donbassni to‘liq nazoratga olish va frontni Xerson hamda Zaporijjyada muzlatib qo‘yish talabini qo‘llab-quvvatlamoqda. 18 avgust kuni Vashingtonda Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Uchsharuvlarda shu jihatlar muhokama mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Kiyev Trampni Putin bilan birgalikda Ukrainaga bosim o‘tkazishda aybladi | Vaqt.uz