Kiyim ishlab chiqarishda qaysi viloyat yetakchi?
O‘zbekistonda ikki oy ichida yirik korxonalar tomonidan 4,1 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.
© Foto: Президент матбуот хизмати2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 4,1 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi:
Andijon viloyati – 1,8 trln so‘m
Toshkent viloyati – 524,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 438,6 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 371,4 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 310,3 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 158 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 117,4 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 89 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 83,1 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 77,7 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 62,4 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 35,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 19,3 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 10,4 mlrd so‘m
Qayd etish joiz, 2026-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, respublikada 61,1 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shularning 6,1 mingtasi kiyim ishlab chiqarmoqda.
O‘tgan yilgi natija
2025-yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.
2025-yilda hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi:
Andijon viloyati – 19,7 trln so‘m
Namangan viloyati – 3,9 trln so‘m
Toshkent viloyati – 3,6 trln so‘m
Toshkent shahri – 2,9 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 2,8 trln so‘m
Navoiy viloyati – 2,1 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati – 1,8 trln so‘m
Buxoro viloyati – 1,8 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,3 trln so‘m
Surxondaryo viloyati – 634,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 576,3 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 565,9 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 560,3 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 442,2 mlrd so‘m





