add

Ko‘cha va uy raqamlari ko‘rsatkichlarini o‘rnatish tartibi qayta belgilab berildi

31.07.2025 | 12:1531972

2025 yil 30 iyulda Vazirlar Mahkamasining 475-sonli qarori bilan ko‘cha nomlari va ko‘chmas mulk ob’ektlari raqamlarini belgilash va o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Endilikda ko‘rsatkichlar shakli, o‘lchami va joylashtirish talablari belgilangan holda amalga oshiriladi.

Ko‘cha va uy raqamlari ko‘rsatkichlarini o‘rnatish tartibi qayta belgilab berildi
Hukumatning yangi qarori bilan shahar va tumanlarda ko‘cha nomlari hamda uy raqamlarini aniq ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatish tartibi yangidan belgilab berildi. Qarorda ko‘rsatkichlarning materiallari, qoplamalari va o‘rnatish joyiga qarab 3 toifaga ajratilishi nazarda tutilgan. 1-toifa ko‘rsatkichlar poliyetilentereftalat, polikarbonat va shunga o‘xshash mustahkam materiallardan tayyorlanib, yoritish moslamalari bilan jihozlanadi. Ular shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarga o‘rnatiladi. 2-toifa ko‘rsatkichlar esa kompozit alyuminiydan yasalgan bo‘lib, nur qaytaruvchi qoplamaga ega. Ular tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar uchun mo‘ljallangan. 3-toifa ko‘rsatkichlar mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarga o‘rnatiladi va ular ham kompozit alyuminiydan tayyorlanadi. Nizomga ko‘ra, ko‘rsatkichda ko‘cha nomi qisqartirilmasligi shart. Bu nomlarning to‘liq va aniq aks ettirilishini ta’minlash hamda navigatsiya tizimlarining ishonchli faoliyatini kafolatlashga xizmat qiladi. Mazkur tartib barcha hududlarda yagona standartga asoslangan axborot muhitini yaratishni maqsad qilgan.

Teglar

Mavzuga oid