add

Koreya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 683 taga yetdi

O‘zbekistonda Janubiy Koreya sarmoyasi bilan faoliyat yuritayotgan korxonalar soni barqaror oshib, sanoat va savdo yetakchi sohalarga aylandi.

Koreya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 683 taga yetdi

2025 yilda O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida jami 683 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu korxonalarning 182 tasi qo‘shma korxona, 501 tasi esa to‘liq xorijiy korxona shaklida tashkil etilgan.

Sohalar kesimida eng katta ulush sanoat tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur sohada 142 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, savdo sohasida 129 ta, qurilish sohasida esa 54 ta korxona qayd etilgan.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida 31 ta, axborot va aloqa sohasida ham 31 ta korxona tashkil etilgan. Tashish va saqlash yo‘nalishida 16 ta, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 15 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 47 ta korxona qayd etilgan bo‘lib, bu turizm va servis yo‘nalishlarida ham koreys kapitali ishtirokining oshib borayotganini ko‘rsatadi. Qolgan 226 ta korxona esa iqtisodiyotning boshqa turli sohalariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda O‘zbekistonda AQSH kapitali ishtirokida 336 ta korxona faoliyat yuritgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid