Kredit stavkalari yangilandi: qaysi bank arzon?
Markaziy bank 2026 yil 13-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Markaziy bank 2026 yil 13-aprel holatiga ko‘ra tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha yangi hafta foiz stavkalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,1 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,7 foizni tashkil etgan.
Yangi haftada mikrokredit va avtokredit stavkalari yuqori darajada saqlanib qolmoqda va ayrim segmentlarda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. O‘tgan hafta mikrokreditlar 29,5 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 22,7 foizni tashkil etgan edi.
Mikrokreditlar
Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 23,6 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Undan keyin «Milliy bank» 24,0 foiz va «Infinbank» 24,3 foiz bilan nisbatan maqbul takliflar bermoqda. Shuningdek, «Trastbank» ham 24,7 foiz stavka bilan shu guruhda qolmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar asosan 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25,1 foiz, «OFB» va «Kapitalbank» 25,8 foiz, «Askabank» va «Ziraat bank» 26,3 foiz hamda «Mikrokreditbank» 26,5 foiz stavkada kredit ajratmoqda. «Agrobank» va «Turonbank»da ham bu ko‘rsatkich 26,8 foiz atrofida, «Xalq banki» va «SQB»da esa 27 foizdan yuqori darajada shakllangan.
Yuqori segmentda esa farq ancha katta. «TBC bank»da 34,4 foiz, «Ipak Yuli banki»da 35,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 41,9 foiz va «Tengebank»da 42,7 foizlik stavkalar qayd etildi. Bu segmentda yuqori foizlar saqlanib qolmoqda.
Avtokreditlar
Avtokreditlar bozorida eng past stavka 16,4 foiz bilan «BRB»da kuzatildi. Shuningdek, «Infinbank» 16,6 foiz, «Ipoteka bank» 17,0 foiz va «Davr bank» 18,1 foiz stavka bilan nisbatan arzon kredit taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar 23–24 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «Agrobank» 23,5 foiz, «Ipak yo‘li bank» 23,6 foiz, «Xalq banki» 23,8 foiz va «Asia Alliance bank» 24,1 foiz stavka bilan kredit ajratmoqda. «Asakabank» va «Mikrokreditbank»da bu ko‘rsatkich 24,6–24,9 foiz atrofida.
Yuqori segmentda esa stavkalar 25 foizdan yuqori. «Turonbank» 25,0 foiz, «Trastbank» 25,6 foiz, «Ziraat bank» 27,0 foiz va «Madad Invest bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit taqdim etmoqda.





