add

Kremlda Putin va Eron tashqi ishlar vaziri uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

23.06.2025 | 16:1512063

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy bilan uchrashdi. U Eronga qilingan havo hujumlarini «asossiz tajovuz», deb atadi va Tehronni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Kremlda Putin va Eron tashqi ishlar vaziri uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
23 iyun kuni Kremlda Vladimir Putin Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rossiya prezidenti Putin uchrashuv avvalida Isroil va AQSHning Eronga qarshi amalga oshirgan havo hujumlarini asossiz tajovuz, deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu holatda Eron xalqini yolg‘iz qoldirmaslik uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Putin, shuningdek, vaziyatni yengillashtirish maqsadida AQSH prezidenti Donald Tramp, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, BAA va Eron prezidentlari bilan ham aloqada bo‘lganini ma’lum qildi. «Biz bugungi murakkab vaziyatdan qanday chiqish mumkinligi haqida birgalikda o‘ylaymiz», — dedi u. O‘z navbatida, Abbos Aroqchiy AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan harbiy zarbalarni «nolegitim va noqonuniy harakatlar» sifatida baholadi. U Tehronning o‘zini himoya qilishga to‘liq haqqi borligini qayd etdi va Rossiyaning yordamini yuksak baholadi. Aroqchiyning ta’kidlashicha, Rossiya Isroil-Eron mojarosi masalasida «tarixning to‘g‘ri tomonida» turibdi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik strategik ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid