add

Krishtianu Ronaldu 2025 yilda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘ldi — Forbes

17.10.2025 | 08:5731713

Forbes jurnalining 2025 yilning eng yuqori daromadli futbolchilari reytingida «An-Nasr» klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 280 mln yillik daromad bilan yetakchi bo‘ldi. O‘nlikda Messi ham bor.

Krishtianu Ronaldu 2025 yilda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘ldi — Forbes
Forbes nashri jahondagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingda nafaqat maydondagi maosh va bonuslar, balki reklama shartnomalari, brend hamkorliklari va turli tadbirlardan kelgan daromadlar ham hisobga olingan. 2025 yilda futbolchilarning umumiy yillik daromadi 945 mln dollarni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga kamaygan. Reytingda birinchi o‘rinni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o‘ynayotgan portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu egalladi — uning yillik daromadi 280 mln dollar, shundan 230 mlnini maydonda, 50 mln dollarni maydondan tashqari faoliyatlardan topgan. Top-10 futbolchi quyidagicha:
  1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — 280 mln dollar (230+50)
  2. Lionel Messi («Inter Mayami») — 130 mln (60+70)
  3. Karim Benzema («Al-Ittihod») — 104 mln (100+4)
  4. Kilian Mbappe («Real Madrid») — 95 mln (70+25)
  5. Erling Holand («Manchester Siti») — 80 mln (60+20)
  6. Vinisius Junior («Real Madrid») — 60 mln (40+20)
  7. Muhammad Saloh («Liverpul») — 55 mln (35+20)
  8. Sadio Mane («An-Nasr») — 54 mln (50+4)
  9. Jud Bellinghem («Real Madrid») — 44 mln (29+15)
  10. 10. Lamin Yamal («Barselona») — 43 mln (33+10).
Forbes shuningdek, Ronalduni butun sport dunyosidagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi sifatida ham tan oldi. 2024 yil 1 mayidan 2025 yil 1 mayigacha u 275 mln dollar ishlagan. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduning umumiy boyligi 1,4 mlrd dollarga yetgan — bu tarixdagi ilk futbolchi sifatida milliarddan ortiq boylikka ega bo‘lgan holat hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid