
KXDRda yangi mina tashuvchi harbiy kema suvga tushirish paytida ag‘darilib ketdi
22.05.2025 | 17:4029473
KXDRda suvga tushirish marosimida yangi qurilgan harbiy eskadron mina tashuvchi kemasi halokatga uchradi. Kim Chyon Inning ko‘z o‘ngida kechgan bu hodisa uning g‘azabiga sabab bo‘ldi va davlat obro‘siga putur yetkazgan «jinoyat» deb baholandi.

21 may kuni KXDRning Chongjing shahridagi kemasozlik zavodida yangi eskadron mina tashuvchi harbiy kemasini suvga tushirish marosimi fojia bilan yakunlandi. Kema maxsus telejkada suvga tushirilayotganda ular sinxron harakat qilmagani sababli, kema yon tomonga og‘di va jiddiy talafotlar ko‘rib, cho‘kib ketdi. Uning korpusida bir nechta teshiklar paydo bo‘lgan, kemaning burun qismi esa hali ham qirg‘oqda qolmoqda.
Marosimda shaxsan qatnashgan Kim Chyon In voqeani «beparvolik, mas’uliyatsizlik va noilmiy tajribachilikdan kelib chiqqan jinoyat» deb atadi. U bu holatni davlat sha’ni va obro‘siga yetkazilgan haqorat sifatida baholadi. Mazkur holat Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi plenumida ko‘rib chiqiladi.
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari ma’lumotiga ko‘ra, kema ayni paytda port tubida yonboshlab yotibdi. Kim Chyon In iyun oyigacha kemani tiklashni buyurdi.
Yangi harbiy kemaning texnik ma’lumotlari ochiqlanmagan, lekin uning og‘irligi taxminan 5 ming tonnani tashkil etadi. Agar tiklansa, u KXDR flotidagi eng yirik ikki kemadan biriga aylanadi. Mutaxassislar bu esminets «Chve Hyon» turkumiga mansub deb hisoblashmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu turdagi kemalarda 74 ta raketa uchirish moslamasi, 100–130 mm kalibrdagi artilleriya quroli, ikki 30 mm.lik zenit qurollari va strategik qanotli raketalar uchirish tizimlari mavjud.





