
Lavrov Tramp va Putin uchrashuvida Rossiya nimalarga rozi bo‘lganini aytdi
22.08.2025 | 18:4528112
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Donald Tramp taklif qilgan qator masalalar yuzasidan muayyan darajada kelishuvga ham erishgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi hozircha rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC News telekanali efirida ma’lum qildi.
«Uchrashuv rejalashtirilmagan, biroq sammit kun tartibi tayyorlansa, Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor. Hozirgi paytda bu kun tartibi hali tayyorlanmagan», - deya ta’kidladi Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari ma’lum qilishicha, Moskva Alyaskadagi sammitdan so‘ng AQSH rahbari Donald Tramp tomonidan taklif etilgan bir qator masalalar bo‘yicha moslashuvchanlik ko‘rsatishga rozilik bildirgan.
«Prezident Tramp biz qo‘llab-quvvatlaydigan bir nechta takliflarni ilgari surdi va ularning ayrimlari bo‘yicha biz ma’lum darajada moslashuvchanlik ko‘rsatishga rozi bo‘ldik», - deya ta’kidladi Lavrov.





