add

Lazizbek Mullajonov doping qoidasini buzganlikda gumon qilinmoqda

31.07.2025 | 10:3043762

Olimpiada chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonovning tanasidan ta’qiqlangan modda — metasteron aniqlandi. U vaqtinchalik barcha musobaqalardan chetlatildi. Tekshiruv musobaqadan tashqari paytda o‘tkazilgan.

Lazizbek Mullajonov doping qoidasini buzganlikda gumon qilinmoqda
Xalqaro doping test agentligi (ITA) 26 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonovning 2025 yil 11 iyun kuni bergan namunasidan metasteron moddasi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu modda sintetik anabolik androgen steroid bo‘lib, mushak massasini oshirish va jismoniy chidamlilikni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Tekshiruv musobaqadan tashqari vaqtda amalga oshirilgan. Mullajonovga xolat haqida xabar berilgan va u B namunasini tahlil qilishni talab qilish huquqiga ega. Agar B namuna tahlili A namunasini tasdiqlasa, doping qoidalari buzilgani rasman e’tirof etiladi. Agar B namuna tahlili so‘ralmasa, masala baribir doping qoidasini buzish sifatida baholanadi. Sportchiga o‘z izohini taqdim etish imkoni beriladi. Hozirda u Jahon antidoping kodeksi asosida barcha sport musobaqalaridan vaqtinchalik chetlatilgan. Eslatib o‘tamiz, Lazizbek Mullajonov 2024 yilgi Parij Olimpiadasida 92 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan. 2023 yilgi jahon chempionatida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Lazizbek Mullajonov doping qoidasini buzganlikda gumon qilinmoqda | Vaqt.uz