add

Lukashenko va Tramp telefonda gaplashdi

15.08.2025 | 19:2527382

Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul pervogo” Telegram-kanali xabar berdi.

Lukashenko va Tramp telefonda gaplashdi
AQSH prezidentining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, u Alyaskaga parvoz chog‘ida Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan suhbat o‘tkazgan. "Men hurmat qiladigan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ajoyib suhbat o‘tkazdim. Qo‘ng‘iroqning maqsadi 16 nafar mahbusni ozod qilgani uchun unga minnatdorchilik bildirish edi. Biz, shuningdek, yana 1300 nafar mahbusni ozod etish masalasini ham muhokama qilyapmiz. Suhbatimiz juda yaxshi o‘tdi. Ko‘plab mavzular, jumladan, prezident Putinning Alyaskaga tashrifini ham muhokama qildik. Kelajakda prezident Lukashenko bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman", — deb yozdi Tramp.

Teglar

Mavzuga oid