add

Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi

20.10.2025 | 16:3037361

Parijdagi Luvr muzeyidan fransuz imperatorlariga tegishli qimmatbaxo to‘plamdan 9 ta noyob ashyo o‘g‘irlab ketilgan.

Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi
Fransiya poytaxti Parijdagi Luvr muzeyida noyob buyumlar o‘g‘irlanishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar tarixiy to‘plamdan 9 ta bebaho buyumni olib ketishgan. Ro‘yxatdagi har bir buyum rasmiylar tomonidan «bebaho» deb e’tirof etildi: 212 ta marvarid, 1 998 ta olmos va 992 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan imperatritsa Yevgeniya tiarasi; 1 Imperatritsa Yevgeniyaning 2 438 ta olmos va 196 ta pushti qirrali olmos bilan bezatilgan dekorativ banti; 2 1855 yilga oid «Imperatritsa Yevgeniya» broshkasi; 3 Lui Bonapartning rafiqasi qirolicha Gortenziya va Lui-Filipp I’ning turmush o‘rtog‘i qirolicha Mariya-Ameliya taqib yurgan to‘plamdagi sapfir sirg‘a; 4   Napoleon tomonidan Mariya-Luizaning to‘yiga sovg‘a qilingan zumrad va olmoslardan yasalgan marjon. 5 Tergov ishlariga politsiyaning maxsus madaniy meros bo‘limi va Interpol jalb etilgan. Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabr kuni soat 9:30 atrofida Luvr muzeyining «Galereya d’Apollon» qismidan noyob javohirlar o‘g‘irlangan.

Teglar

Mavzuga oid